Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Taxtaqoracha dovoni ikki kunga yopiladi
6.09.2021 09:37,  
207

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Taxtaqoracha dovonida joriy yilning 6-7 cyentabr kunlari vaqti-vaqti bilan yo‘l yopib qo‘yilishi e’lon qilindi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum bo‘lishicha, Kitob tumani hududidan o‘tuvchi M-39 Olma-ota—Bishkek—Toshkent—Shahrisabz—Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining 1135–1146-kilometridagi Taxtaqoracha dovonida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

O‘quv mashqi rejasiga ko‘ra, ushbu avtomobil yo‘lida fuqarolar va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida yo‘l atrofidagi ko‘chki va tosh qulashi xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda tegishli muhandis-texnik tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.

“Shu munosabat bilan mazkur avtomobil yo‘lida vaqti-vaqti bilan fuqarolar va avtotransport vositalarining harakatlanishi qisqa muddatli cheklanadi va yo‘l yopiladi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан