Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






TDAUda ikki yangi prorektor, maslahatchi va va boshqa kadrlar o‘zgarishi ro‘y berdi
18.11.2021 18:44,  
397

Toshkent davlat agrar universiteti (TDAU)da 2021 yilning oktyabr oyidan boshlangan keng qamrovli o‘zgarishlar mobaynida barcha yo‘nalishlar (ta’lim sifati, infratuzilma, ma’muriy-xo‘jalik qismi va boshqalar) bo‘yicha salmoqli kadrlar o‘zgarishi ro‘y berdi. Bundan tashqari, ham mahalliy, ham xorijiy oliy o‘quv muassasalari borasida muvaffaqiyatli ish tajribasiga ega bo‘lgan ikkita yangi prorektor va rektor maslahatchisi universitetda o‘z ishini boshladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil sentyabr oyida O‘zR qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev TDAU rektori etib tayinlangan edi. Oktyabr oyining boshlarida TDAUdagi o‘quv-ta’lim, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy masalalar yechimini topish uchun mahalliy va xorijiy ekspertlar jalb etilib, mavjud vaziyatni o‘rganish va barcha jarayonlarni to‘liq maqbullashtirish bilan shug‘ullanishni boshlab yuborishdi.

TDAUda KADRLAR O‘ZGARIShI

Kadrlar siyosatini takomillashtirish – bugungi kunda 11 mingdan ziyod talabalar tahsil olayotgan va 500 ga yaqin pedagoglar faoliyat yuritayotgan O‘rta Osiyodagi eng yirik agrar universitetida boshlangan islohotlarning eng muhim va ustuvor bosqichlaridan biri.

TDAUning yetti prorektoridan o‘z lavozimida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sohib Islamov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Kamoliddin Sultonov hamda AKT masalalari bo‘yicha prorektor Furqatbek Nurjanov qolishdi.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Inom Isroilov hamda moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor Shuhrat Sattarov o‘z lavozimidan ozod qilindi. Shu kunlarda ularning o‘rniga ilgari professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektor bo‘lgan Ra’no Turdiboyeva hamda bundan avval xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor lavozimini egallab kelgan Abduaziz Abduvosiqov tayinlandi.

Shuningdek, universitetning bosh hisobchisi Hamidulla Yangibayev ham o‘z vazifasidan ozod etildi.

XORIJIY UNIVERSITETLARDA IShLASh TAJRIBASI BO‘LGAN MUTAXASSISLAR TDAUning YaNGI PROREKTORLARI VA REKTOR MASLAHATChISI ETIB TAYINLANDI

 Talaba-yoshlar bilan ishlash bo‘yicha rektor maslahatchisi etib ilgari 

United Business Institutes (Belgiya va Lyuksemburg birlashgan biznes-instituti)da dekan bo‘lgan Aminova Munira Abdugafurovna tayinlandi.

TDAU professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektor etib tayinlangan Yuldasheva Salomat Sharofitdinovna bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi direktorining tadqiqotlar, innovatsiyalar va xalqaro rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab turgan edi.

Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor etib tayinlangan Xasanov Alisher Nadjimiddinovich bundan bir oy muqaddam TDAUdagi o‘quv jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha maslahatchi sifatida jalb qilingan edi. Bundan oldin Alisher Xasanov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetining iqtisodiy va moliyaviy ishlari bo‘yicha prorektori bo‘lib ishlagan, shuningdek, TEAM universitetini boshqargan.

Yangi xodimlarning vazifalari TDAU professor-pedagoglar tarkibini professional rivojlantirish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni maqbullashtirish, ta’lim va amaliyot sifatini oshirish, shuningdek, ilmiy salohiyat va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Bu esa o‘z navbatida universitetda ta’lim olish darajasi va sifatini oshirib, oliygohning maqomi hamda xalqaro reytingi yaxshilanishiga olib kelishi darkor.

TDAUda yangi o‘zgarishlar doirasida talabalar amaliyotining haqiqiy agrokorxonalar va ilmiy-tadqiqot markazlarida o‘tash tizimini rivojlantirish, talabalar va o‘qituvchilar malakasini xorijda oshirish, shuningdek, o‘qish, rejalashtirish, boshqarish va ichki jarayonlarni optimallashtirishga yangicha yondashuvlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан