Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






TDPU talabasida koronavirus aniqlandi.Ikkita fakultet onlayn ta’limga qaytmoqda
23.01.2021 20:52,  
551

22 dekabr kuni tibbiy tashxis natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat pedagogika universiteti Rus tili va adabiyoti fakulteti talabasida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Bu haqida universitet Axborot xizmati «Xalq so‘zi»ga ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, ushbu talaba bilan aloqa qilganlar va fakultet hududidagi boshqa barcha talabalarga 14 kun davomida o‘z-o‘zini izolyasiya qilish rejimini o‘tkazish tavsiyasi berildi.O‘quv binosining 4-qavatidan foydalanayotgan Rus tili va adabiyoti fakulteti hamda Xorijiy tillar fakultetida ham ushbu nazorat choralari joriy qilindi.

Bunda oflayn tartibda ta’limga qaytgan Rus tili va adabiyoti, Xorijiy tillar fakultetlarining barcha 1-kurs talabalari endilikda 14 kun davomida ta’limni masofaviy tartibda olishlari belgilandi.24 dekabrdan ushbu ikkala fakultetning 2-3-4-kurs talabalari qishki sessiya yakuniy imtihonlarini onlayn tartibda topshiradilar. 1-kurs talabalari esa ikki haftadan keyin 8 fevral kuni imtihon topshirish uchun oflayn ta’limga qaytadilar.

Rus tili va adabiyoti, Xorijiy tillar fakulteti binolari, kirish-chiqish joylari va hududlari to‘liq izolyasiyaga olingan bo‘lib, u yerda 1 hafta mobaynida tibbiy-sanitariya tozalash ishlari amalga oshiriladi. Ushbu fakultetlarning hududi to‘la yopilgan va nazoratga olingan.Qolgan barcha fakultetlar talabalari to‘liq tartibda oflayn ta’lim darslarini va oflayn tarzdagi imtihon topshirish jarayonlari davom ettiradilar. Buning uchun barcha binolarning kirish va chiqish joylari har bir fakultet va kurslar uchun alohida marshrutlar asosida belgilangan yo‘laklar orqali amalga oshirilishiga rioya qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан