Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Teatr va kinoteatrlar, istirohat bog‘laridagi attraksionlar ochiladi
1.09.2020 17:47,  
160

Respublikada karantin talablarini qisqartirish maqsadida Davlat Rahbari tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga muvofiq Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilar ruxsat berildi:

Birinchidan, 2020 yil 5 sentyabrdan boshlab:

Umumiy ovqatlanish ob’yektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyatiga. Bunda ushbu ob’yektlar quyidagi sanitari talablariga rioya etishi talab etiladi:

- banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;
- stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash; 
- bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish; 
- xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi; 
- har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;
- bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish.

Tomosha va madaniy-ko‘ngilochar ob’yektlar (faqatgina teatr va kinoteatr) faoliyatiga. Bunda ushbu ob’yektlar quyidagi sanitari talablariga rioya etishi talab etiladi:

- ob’yektning havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish;
tashrif buyuruvchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtirish hamda tibbiy niqobda bo‘lish (zarur hollarda tadbir 2 soatdan ziyod davom etganda niqobni bepul almashtirish);
- ob’yektlarning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, dezinfeksion “to‘shaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlash, ularga kirishda har bir tashrif buyuruvchilarning tana haroratini o‘lchab, 37 S va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda kiritmaslik;
- har bir seansdan keyin o‘rindiq va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;
- xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi; 

Parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar faoliyatiga. Bunda ushbu ob’yektlar quyidagi sanitariya qoidalariga rioya etishi talab etiladi:

- tashrif buyuruvchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda navbatda turishini ta’minlash; 
- attraksionlarning yuza qismini har soatda yoki har bir foydalangandan so‘ng dezinfeksion vositalar bilan tozalash;
- attraksiondan foydalanishda ijtimoiy masofani saqlash; 
- xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi; 
- bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish (yopiq binolardagi attraksionlar faoliyati uchun).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан