Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Teleboshlovchi semiz kishilarga “byudjetni saqlab qolish” uchun o‘lishni taklif qildi
8.08.2019 17:32,  
28

Britaniyalik teleboshlovchi Maykl Byuerk (Michael Buerk) semizlik bu kasallik emasligini ma’lum qildi. Shuning uchun ortiqcha vaznga ega bo‘lgan kishilarni davolashning xojati yo‘q. Bu haqda Metro nashri xabar qilmoqda.

“Siz semizsiz, chunki juda ko‘p yeysiz”, - deya yozgan jurnalist.

Uning so‘zlariga ko‘ra, semiz kishilar “xasta emas, balki zaifdir” va ularning o‘limi milliy sog‘liqni saqlash xizmatining pullarini saqlab qolishga imkon beradi.

Byuerk uzoq umr ko‘rishni hayotning asosiy maqsadi qilishning aslo xojati yo‘qligini qo‘shimcha qilgan. Ortiqcha vaznga ega bo‘lganlarning erta hayotdan ko‘z yumishini demografik disbalansga qarshi kurashda “fidokorona qurbonlik” deb hisoblash mumkin.

Britaniya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, deyarli har uchinchi katta yoshdagilar va 11 yoshgacha bo‘lgan har beshinchi bola semizlik xastaligidan aziyat chekmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан