Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Telegram'ning Android-ilovasida yashirin foydali funksiya topildi
4.07.2020 13:01,  
2101

Avvalroq, yurtimizda juda ommalashgan Telegram ilovasida video qo‘ng‘iroq ishlay boshlagani va uni qanday ishga tushirish haqida yozgandik.

Telegram videoqo‘ng‘iroq funksiyasini ishga tushirdi

Endi telegramning kompyuter versiyasida ham bir nechta akkauntdan foydalanish mumkin

Endi esa uning «yashil robotchali» qurilmalarga mo‘ljallangan kliyentidagi bitta yashirin opsiya haqida so‘z yuritamiz.

Android-smartfonlar egalari shunday vaziyatga duch kelgan bo‘lishsa kerak: Telegram'da matn tera boshlashingiz bilan, unga fayl biriktiruvchi «skrepka» belgichasi yo‘qolib qoladi. Bu esa noqulaylik tug‘diradi – ayrimlar bu belgicha yana ko‘rinishi uchun yozganini o‘chiradi. Tajribaliroqlar esa oldin yuboriladigan faylni biriktirib, keyin matnni terishadi va birga yuborishadi.

Endi esa matn tergandan so‘ng ham o‘sha «skrepka»ning vazifasini bajara oluvchi funksiya topildi. Shunchaki, matnni terib bo‘lgach yoki orasida, ekranning yuqori o‘ng burchagidagi «uch nuqta»ni bosasiz. Bunda fayl biriktirish funksiyasi pastdan ochiladi.

Ushbu menyu faqat matn maydonchasida biror belgi terilganidan keyingina paydo bo‘ladi. Oddiy rejimda esa «uch nuqta» belgichasi chatning odatiy opsiyalarini taklif etadi.

O‘zingiz sinab ko‘ring va bu foydali usuldan yaqinlaringizni ham boxabar qilish uchun ushbu yo‘riqnomani ulashing.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан