Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Temir daftar» nima va unga kimlar kiritiladi?
3.08.2020 17:39,  
3637

Bugun AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva «Temir daftar» bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Temir daftar» — karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada shakllantirilgan shaffof ro‘yxati;

«Temir daftar» o‘z navbatida fuqarolar yig‘inlari raisining sektor va hudud rahbari bilan hamkorlikdagi faoliyatini mustahkamlaydi;

«Temir daftar»ni yuritishda ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi, jumladan:

  • - kam ta’minlangan;
  • - nogironligi bo‘lgan;
  • - ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar;
  • - yakka-yolg‘iz keksalar;
  • - doimiy ishsiz fuqarolar;
  • - karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;
  • - og‘ir epidemiologik hududlardan qaytarib kelingan fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘riladi.

Mas’ul xodimlar o‘zining kunlik amalga oshirgan ishlari yuzasidan «Temir daftar»idagi ma’lumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron shaklda kiritib boradi;

«Temir daftar»ga tushgan oilaning hech bo‘lmaganda bitta a’zosini joriy yilda ish bilan ta’minlanib, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish choralari ko‘riladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан