Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Temiryo‘lchining farzandi poyezd oynasiga tosh otdi
4.03.2021 17:17,  
405

«Nasafnews» «Zo‘r»TV telekanali muxbiri Akbarali Xudoyberdiyevga tayanib xabar berishicha, Koson tumani Darcha qishlog‘idagi 19-maktabning 8-sinf o‘quvchisi «Afrosiyob» tezyurar poyezdiga tosh otdi.

Holat natijasida poyezd oynasiga darz ketib, yaroqsiz holatga keldi. 
Voqea joriy yilning 28 fevral kuni taxminan soat 11:30 lar chamasida «Qarshi-Toshkent» temiryulining 3860-kilometrida sodir bo‘lgan.
«Achinarlisi, tezyurar poyezdga tosh otgan yigitning otasi 16 yildan buyon temiryul tizimida ishlaydi. Voyaga yetmagan farzandi uchun albatta uning otasi javob berishga majbur. Birgina Ispaniya davlatidan olib kelinadigan va bir qaraganda oddiy bo‘lib ko‘ringan oynaning narxi esa salkam 20 mln so‘mga yaqin»,- deydi Akbarali Xudoyberdiyev.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holatni sodir etgan maktab o‘quvchisining otasi 20 mln so‘m jarimaga tortilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан