Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Tenderdagi o‘yinlar”: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi noqonuniy holatlarni ma’lum qildi
7.02.2021 19:43,  
753

XVIII asrda yashagan va liberal iqtisodiyot nazariyasining asoschisi hisoblangan Adam Smit shunday degan edi: “Bir kasb egalari kamdan-kam hollarda birga dam olishgan, hatto faqat o‘yin-kulgi uchun ham, zero ularning uchrashuvlari jamiyatga qarshi fitna yoki narxlarni oshirish uchun sabab bo‘lishi mumkin”. Kelishuvda ishtirok etgan har bir taraf o‘z qarorini anglaydi, lekin, to‘g‘ri yo‘ldan harakatlanish uchun uning g‘arazligi va hasisligi halaqit qiladi. Ammo, iqtisodda bumerang qonunini hech kim bekor qilmagan. Zero halol raqobat orqali g‘alaba qozonish hamisha yoqimli bo‘lgan.

Davlat xaridlari borasidagi munosabatlar 2018 yildan beri “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solingan. Hujjatda tanlov asnosidaga xaridlarda, tadbirkorlik sub’yektlariga halol raqobatni ta’minlash uchun aniq qilib konkurslarning maqsadi, vazifasi va barcha amalga oshiriladigan ishlarning tartibi yozib qo‘yilgan. Qonunda shunday bo‘lsada, ba’zi bir buyurtmachilar qonun buzilish uchun chiqarilgan deb o‘ylashadi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Savdolarni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan ana shunday qonunbuzuvchilar muntazam aniqlanadi, ularning qing‘ir ishlari tufayli ba’zilarga qonun ikkinchi darajaga tushib qolsa, ba’zilarga sog‘lom raqobat yo‘lida to‘siqlar paydo qiladi.

Mirzoxid Kamilov – Savdolarni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i

Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati uchun teng sharoitlarni yaratish, oshkoralikni ta’minlash va davlat xaridi tartib-taomillarini yanada takomillashtirish maqsadida 2020 yilning 6 iyul sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Mazku farmonga asosan Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari shu kabi qonun buzilish alomatlarini aniqlashadi va o‘rnatilgan tartibda ish olib borishadi. Agar aniqlangan qonunbuzilishlarini bir yerga jamlasa, “Monopoliya” o‘yinini o‘ynasa bo‘ladi. Ushbu o‘yinni bolalar o‘ynaganda unchalik alamli bo‘lmasdi, aksincha agar bu o‘yinni kattalar o‘ynasa ishtirokchilar mavjud qoidalarga amal qilmasdan sababsiz chetlashtirilib, natijada nosog‘lom muhit vujudga keladi.

“Asia new plast” MChJi Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan. O‘tgan yili maxsus elektron portalda Shumanay tuman Tibbiy Birlashmasining lotini ko‘rganida, unda ishtirok etish uchun o‘z nomzodini ko‘rsatadi. Buyurtma 870 kv.metrga jalyuzi o‘rnatish. E’tibor bering, boshlang‘ich narx sifatida kv.metrga 450 ming so‘m belgilangan. Bu narxga O‘zbekistonda jalyuzi topishning iloji yo‘q, hatto, boshlang‘ich narx sifatida ko‘rsatilganda ham. Lekin, lot o‘ynaldi va natijada…

Ulug‘bek Bayniyazov – “Asia new plast” MChJ vakili

Tanlovga biz kv.metr uchun 61 ming so‘m miqdorida narx berdik. Bu boshlang‘ich summadan 7 martta, g‘olib topilgan boshqa tashkilotning narxidan ham kam degani. Tender qaroridan norizo bo‘lib biz tashkilotchilarga murojaat etdik, ular bizga tashkilotimiz chetlashtirilganini bunga sabab qilib esa, taqdim etilgan hujjatlarda qarzdorlik haqida soliqdan va bankdan esa aylanma pul hisobi ma’lumotlari yo‘qligini ro‘kach qilishdi. Zero, lotda talab etilgan hujjatlarda bu haqda hech narsa deyilmagan edi. Xullas, monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga murojaat etdik.

Alisher Yusupov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i

Shumanay tuman Tibbiyot Birlashmasidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish jarayonida tenderda “Davlat xaridlari to‘g‘risida” va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun buzilish alomatlari aniqlandi. O‘rnatilgan tartibda biz davlat buyurtmachisiga tanlovda yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini tushuntirdik va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 55-moddasiga asosan, o‘tkazilgan savdolar Komissiya tomonidan bekor deb topildi. O‘z navbatida Shumanay tumani Tibbiyot birlashmasi savdolarni yangitdan o‘tkazish haqida bizga xat orqali xabar berildi.

Yana bir qiziq voqeani “TURAN PROEKT SMETA” MChJ loyihachisi Salamat Kdirov so‘zlab berdi. Bazout tumani Xalq ta’limi boshqarmasi o‘zining binolaridan biriga gaz o‘rnatish bo‘yicha loyihani auksionga qo‘yadi. Lekin, auksionda g‘olib bo‘lgan korxonaning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmaydi. Zero auksion o‘tkazilishidan oldin mazkur loyihaning smetasi boshqa tadbirkorlik sub’yekti tomonidan tayyorlab bo‘lingan bo‘lib, g‘olib korxona bilan shartnoma tuzishni hech kim o‘ylamagan edi. Mazkur murojaat ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Mirzoxid Kamilov – Savdolarni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i

O‘zining noyobligi bilan tender savdolarida uchraydigan holatlarni respublikamizning har bir viloyatidan topishingiz mumkin. Misol tariqasida, Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilgan ba’zi ishlarni ko‘rsatamiz: “Ichan-qa’la” Davlat muzey qo‘riqxonasi, Yangibozor tumanidagi maktabgacha ta’lim bo‘limi, Shovot tumani 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi, Urgench olimpiya va milliy sport turlari maxsus internat maktabi. Sanab o‘tilganlar tomonidan o‘tkazilgan barcha tenderlar noqonuniy deb topilib bekor qilingan va qonunda belgilangandek qayta o‘tkazilishiga erishilgan.

Abdug‘affor Salimov – Xorazm viloyati hududiy boshqarma boshlig‘i boshlig‘i

O‘tgan yil davomida boshqarmaga tashkilotchilar tomonidan noholis o‘tkazilgan tender savdolar haqida 15 murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarni o‘rganish jarayonida ular tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasining buzilish alomatlari aniqlangan. Aniqlangan noqonuniy harakatlar asnosida Boshqarma ish qo‘zg‘atgan va ularga tegishli ko‘rsatmalar berilgan hamda ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.

Shuningdek, Qo‘shko‘pir tumani Xalq ta’limi bo‘limi va Xorazm viloyati “Xalq bank”i tomonidan o‘tkazilgan tender savdolari ham noqonuniy deb topilgan. Umuman olganda Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan davlat xaridlari bilan bog‘liq bo‘lgan 476 ta savdolar o‘rganib chiqilgan va ulardan 225 tasida qonun buzilish alomatlari aniqlangan. Bu umumiy savdolarning 47 foizi degani. Shu kabi o‘rganishlar hozirgi kunda butun respublika bo‘ylab davom etmoqda.

Biz esa, o‘z navbatida huquqlari buzilgan tadbirkorlar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga murojaat etishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz — deya yozmoqda "Human.uz".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан