Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tergov departamenti Xorazmdagi “samosud” bo‘yicha tafsilotlarni ochiqladi
12.06.2020 10:31,  
3912

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar qilishicha, 2020 yilning 09 iyun kuni taxminan soat 22:40 da Qo‘shko‘pir tumani Ittifoq mahallasida yashovchi 20 yoshli H.O., dugonalari D.A., L.M., M.M., D.K.,lar bilan birgalikda yashash uyiga kelayotganida, oldidan 31 yoshli S.D.,ning boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashina kelib to‘xtaganida, avtomashinadan shu mahallada yashovchi K.D., R.D, va O.D.,lar tushib, “Sen nima uchun o‘g‘lim va kelinimni turmushini buzib, buzg‘unchilik qilib yuribsan” deb har xil so‘zlar bilan haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazgan hamda ushbu holatni shu yerda bo‘lgan S.D. o‘zining uyali telefon apparatiga videotasvirga olib turgan.

X.O., shu mahallada yashovchi K.D.ning o‘g‘li S.D. bilan 2016 yildan buyon yashab kelayotganligi, hozirda bir nafar farzandi borligi aniqlangan.

Sud tibbiy ekspretiza xulosasida, X.O. chap bilak, chap-o‘ng yelka, boldir, chap son va ko‘krak qafasini qontalashlari bo‘lib, yengil tan jarohati olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shko‘pir tumani bo‘yicha IIO FMB xuzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan K.D., R.D., O.D. va N.R.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan, o‘z mazmuniga ko‘ra umum e’tirof etgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi o‘taketgan behayolik bilan bezorilik sodir etilsa) bilan qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан