Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tergov hibsxonasida kitob yarmarkasi tashkil etildi
21.02.2021 07:36,  
144

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha: Xorazm viloyati IIB tergov hibsxonasida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi deya e’tirof etiladigan kitoblar insoniyat taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Kitob mutolaasi insonning nutq va muomala madaniyatini oshirishi bilan birgalikda ijobiy fikrlashini ham rivojlantiradi.

Bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlarining kitobxonligi ham ancha oshgan. Bunda, albatta, ichki ishlar organlarida tashkil etilayotgan kitob savdosi yarmarkalarining o‘rnini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Xorazm viloyati IIB 11-son tergov hibsxonasida kitob savdosi bo‘yicha tashkil etilgan navbatdagi yarmarka jarayonida xodimlarning badiiy kitoblarga, ayniqsa jahon hamda milliy adabiyotimizning durdona asarlariga bo‘lgan qiziqishlarining ortganligi yaqqol namoyon bo‘ldi.

Ulgurji savdo qiluvchi tadbirkor tomonidan kitoblarning arzon narxlarda taklif etilganligi kitoblar savdosining oshishiga sabab bo‘ldi. Xodimlar nafaqat o‘zlari uchun, farzandlari va oila kutubxonasi uchun ham kitoblar xarid qilishdi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан