Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Termiz shahrida olti nafar egizak tug‘ilgani haqida xabar haqiqatga zid
17.02.2021 10:15,  
276

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida olti nafar egizak: to‘rt nafar qiz, ikki nafar o‘g‘il tug‘ilganligi va bu O‘zbekiston uchun rekord ko‘rsatkich ekani haqidagi habar tarqalmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati holatga oydinlik kiritish maqsadida Surxondaryo viloyat cog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Komil Abdivoxidov bilan bog‘landi.

— Bu xabar haqiqatga zid, — deydi boshqarma boshlig‘i. — Termiz shahri va tumanida bunday tug‘ilish qayd etilmagan. Oxirgi ko‘p farzand tug‘ilishi hududimizda 3 fevral kuni bo‘lgan, ya’ni Angor tumani “To‘lqin” mahallasida istiqomad qiluvchi 1990 yilda tug‘ilgan Maxbuba Abdumurodova shu kuni uch farzandini kesarcha kesish yo‘li orqali dunyoga keltirgan. Birinchi farzandi qiz (vazni 2950 gramm, bo‘yi 49 sm), ikkinchisi o‘g‘il (vazni 2900 gramm, bo‘yi 47 sm) va uchinchisi ham o‘g‘il (2200 gramm bo‘yi 46 sm). Hozirda ularning ahvoli qoniqarli.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан