Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Termizda 500 kvadrat metrga teng joy noqonuniy tartibda pullandi
23.03.2021 14:48,  
51

Termiz shahrida 2021 yilning 15 mart kuni shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘linmasining xabariga ko‘ra, shaharning “Bog‘ishamol” mahallasi, D.Sh. 2018 yil avgust oyida, tanishi shaharning “Pattakesar” mahallasida vaqtincha yashovchi, X.G‘.ga shaharning “Bog‘ishamol” mahallasida joylashgan akasi D.R.ning nomida bo‘lgan 500 kvadrat metrga teng bo‘lgan savdo-sotiq qilish uchun mo‘ljallangan noturar joyni 430 mln. so‘m pulga sotadi.

Shundan so‘ng, D.Sh.ning turmush o‘rtog‘i Yu.T. 2020 yil 14 yanvar kunida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudiga da’vo bilan murojaat qilib, shahardagi davlat notarial idorasi tomonidan 2018 yilning 2 avgust kunidagi D.R. va X.G‘.larning o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini bekor qildirib, noturar joyni qaytarib olgan va X.G‘.dan olgan 430.000.000 (to‘rt yuz o‘ttiz million) so‘m pullarni qaytarib bermaganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan, 15 mart kuni D.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан