Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Termizda afg‘onistonlik qochqinlar uchun lager qurilayotgani haqidagi xabarlar rad etildi
30.07.2021 21:43,  
88

Termiz chegarasida Afg‘onistondan keladigan qochqinlar uchun lagerlar barpo etilmayapti, deydi Termiz shahar hokimining o‘rinbosari Mehriniso Kenjayeva. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib, Repost xabar bermoqda.

Mehriniso Kenjayevaning so‘zlariga ko‘ra, shaharda vaziyat tinch.

«Shaharda vaziyat tinch, hokimiyatdagi barchamiz rejalashtirilgan ishlar bilan bandmiz, afg‘on voqealari bilan bog‘liq biror-bir shoshilinch yig‘ilish o‘tkazilmayapti», – dedi Kenjayeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 30 iyul kuni viloyat hokimining yig‘ilishi o‘tkaziladi, ammo yig‘ilish kun tartibiga faqat ichki masalalar kiritilgan.

«Men bunday qurilish haqida hech narsa eshitmaganman, bunday narsa yo‘q», – deya qo‘shimcha qildi Kenjayeva.

Avvalroq AQSh hukumati Afg‘onistondan kuchlarni olib chiqish fonida Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan AQShga yordam berayotgan 9 mingga yaqin afg‘onni vaqtincha joylashtirishni so‘raganligi haqida xabar berilgan edi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashevning aytishicha, rasmiy Toshkent 1951 yilgi Qochqinlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiya va 1967 yildagi protokolga qo‘shilmagan, respublika qonunchiligida esa qochqin maqomini olish tartibi ko‘zda tutilmagan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston hukumati agar tashkilotdan talab tushsa, Afg‘oniston bilan chegarada Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi idorasini ochishga tayyor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан