Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Termizda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston — Afg‘oniston muzokaralarida qanday masalalar muhokama qilindi?
17.10.2021 08:16,  
691

Avvalroq Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston muzokaralar bo‘lib o‘tayotgani, delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Afg‘oniston Islom Amirligining Muvaqqat hukumati rahbari o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salam Hanafiy boshchilik qilayotgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu muloqotning tafsilotlarini ochiqladi.

«2021 yil 16 oktyabr kuni Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalarining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida turli vazirlik va idoralar vakillari savdo-iqtisodiy aloqalar, chegara xavfsizligini ta’minlash, energetika, xalqaro yuk tashish va tranzit sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ta’lim va gumanitar sohadagi aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga, xususan, «Surxon – Puli-Xumri» elektr uzatish tarmog‘i hamda «Termiz – Mozor-Sharif – Kobul – Peshovar» temir yo‘lini qurishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvlar natijasida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha bir qator ikki tomonlama kelishuvlarga erishildi.

Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekiston tomoniga samarali muzokaralar va mehmondo‘stlik uchun chuqur minnatdorlik bildirdi», deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан