Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Termizdagi talabalar yotoqxonasida elektroshit yonib, portlagani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
8.12.2021 17:19,  
141

Ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali o‘g‘il bolalar yotoqxonasidagi elektroshit yonib ketib, portlagani aytilmoqda» sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, voqea 7 dekabr kuni soat 22:00 lar atrofida Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining o‘g‘il bolalar yotoqxonasida sodir bo‘lgan. Binodagi elektroshitdan yuqori yuklanish oqibatida tutun chiqqan. Yotoqxona komendanti tomonidan binoning elektr ta’minoti asosiy tarmoqdan uzilgandan so‘ng tutun to‘xtagan.

Ushbu hodisa yuzasidan Surxondaryo viloyati FVBga xabar kelib tushmagan.

«Ushbu vaziyatda hech qanday yong‘in, portlash hodisasi sodir bo‘lmagan. Vaziyat oqibatlari universitet elektrigi tomonidan bartaraf etilgan», — deyiladi FVV xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан