Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Terrorizmni moliyalashtirishga oid jinoyatlar ochiqlandi
29.11.2021 15:06,  
152

2016 — 2020 yillar hamda joriy yilning o‘tgan olti oyi mobaynida sudlar tomonidan ko‘rilgan terrorizmni moliyalashtirishga oid ishlar umumlashtirilgan.

Aniqroq aytganda, shu davr mobaynida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha jami 62 nafar shaxs sudlangan bo‘lib, ularning 18 nafari yoki 29 foizi 18 yoshdan 30 yoshgacha, 43 nafari yoki 69,4 foizi 31 yoshdan 60 yoshgacha, 1 nafari yoki 1,6 foizi 60 yosh va undan yuqori yoshdagi shaxslardir.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisida ma’lum qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda aytilishicha, ushbu toifadagi ishlarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, sudlanganlarning 2 nafari yoki 3,2 foizi ayollar hisoblanadi, sudlangan shaxslarning 41 nafari yoki 66,1 foizi jinoiy qilmishni terroristik tashkilot, ularning vakillari yoki unga aloqador shaxslarga pul mablag‘larini taqdim etish yoki ularning hisobraqamlariga pul ko‘chirish yo‘li bilan sodir etgan bo‘lsa, 21 nafari yoki 33,9 foizi ularning moliyaviy xarajatlarini qoplash yo‘li bilan sodir etgan.

Terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, sudlangan shaxslarning asosiy qismi pul ishlash maqsadida xorijiy davlatlarga borgan shaxslar hisoblanib, jami 62 nafar shaxsning 43 nafari yoki 69,4 foizi jinoiy qilmishni xorijiy davlat hududida sodir etgan.

Sud amaliyotida ekstremizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoiy qilmishlar Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan kvalifikatsiya qilinadi.

2016 — 2020 yillar hamda 2021 yilning 1-yarmi davomida mazkur toifadagi jinoyatlarni sodir etganligi uchun jami 9 nafar shaxs sudlangan bo‘lib, 5 nafari yoki 55,6 foizini 18 yoshdan 30 yoshgacha, 4 nafari yoki 44,4 foizini 31 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etgan.

E’tiborli jihati, sudlanganlarning asosiy qismi, ya’ni 8 nafari yoki 88,9 foizi jinoiy qilmishni xorijiy davlat hududida turib sodir etishgan. Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirish natijalari sud amaliyotida ushbu toifadagi jinoyat ishlarini ko‘rishda yagona amaliyotni shakllantirish yuzasidan ayrim masalalar bo‘yicha tushuntirish berish lozimligini ko‘rsatdi.

Oliy sud raisi K. Komilov boshqargan majlisda jamiyatda barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish demokratik huquqiy davlat qurishning hamda mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan biri hisoblanishi, mamlakatimizda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Mazkur toifadagi jinoiy qilmishlar domiga yoshlar tushib qolayotganligi g‘oyatda tashvishlanarli ekani aytib o‘tildi.

Shu munosabat bilan, «Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida»gi Plenum qarorini qabul qilish zarurati tug‘ilgani ta’kidlandi.

Mazkur qaror loyihasini ishlab chiqishda ushbu toifadagi jinoyat ishlarini ko‘rish bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirishdan tashqari Jinoyat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrdagi «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi, 2018 yil 30 iyuldagi «Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunlari, shuningdek mazkur masalalar bilan bog‘liq qonun va qonunosti hujjatlari o‘rganib chiqildi.

Ushbu Plenum qarorida terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar borasida tushuntirishlar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан