Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Test savollari osonlashtirilgani ma’lum qilindi
12.08.2020 15:39,  
355

Bugun, 12 avgust kuni Xalqaro press klubning qabul masalalariga bag‘ishlangan sessiyasida Davlat test markazi direktori Majid Karimov imtihonni tashkil qilish jarayoni haqida ma’lumot berdi.

"Respublika bo‘yicha bir kunda 100 ming odam test sinovi topshirishi rejalashtirilmoqda.

Toshkent shahrida test sinovlari uchun 10 000 taga yaqin o‘rinli joy tayyorlangan, sinovlar ikki smenada tashkil qilinib, bir kunda 20 mingga yaqin abituriyent test topshirishiga imkon yaratiladi.

Test topshirilgandan keyin ertasi kuni natijalarni ko‘rsa bo‘ladi. 1 hafta ichida abituriyent qaysi yo‘nalishga tavsiya etilgani ma’lum qilinadi. Bu ma’lumotlar hamda to‘plangan ballarni shaxsiy kabinetda bilsa bo‘ladi.

Testlarning oson va murakkabligi xususida berilgan savolga DTM rahbari Majid Karimov javob berdi:

«Testlar 4 xil turda — sodda savollar, o‘rtacha oson savollar, murakkabroq savollar va yuqori murakkablik darajasida belgilanar edi.

Endilikda sodda savollar — 12 ta, o‘rtacha oson savollar — 12 ta, murakkabroq (3-darajali) savollar soni — 6 ta bo‘ldi.

Yuqori murakkablik darajasidagi savollar endi yo‘q. Ikki yildan beri juda murakkab savollar, ya’ni olimpiada ishtirokchilari uchun qo‘yiladigan savollar butunlay olib tashlangan».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан