Test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi​

Test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi​

Davlat test markazining rasmiy veb-saytida «Stadionlar va xiyobonlar» bo‘limi tashkil etilib, unga 2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

  • Stadion yoki xiyobonning rasmi;
  • Hududga kirish joylari;
  • Stadion yoki xiyobon nomi;
  • Stadion yoki xiyobon manzili;
  • Sektor raqami;
  • Test topshiradigan guruhlar;
  • Stadion yoki xiyobonning Google xaritadagi geolokatsiyasi. 

Ushbu havoladan tegishli hududni tanlab, o‘sha hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.