Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Test sinovlari soyabon va kuzatuv kameralari qo‘yilgan 40 ga yaqin stadionlarda o‘tkaziladi
7.08.2020 17:59,  
229

AOKA zalida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov jurnalistlar savollariga javob qaytardi:

Savol: Test sinovlari stadionlarda o‘tkazilsa, shaffoflik qanday ta’minlanadi? Kuzatuv kameralari tayyormi?

Javob: Bu masala bo‘yicha AKT vazirligi bilan hamkorlikda ishlanmoqda. Soat nechada bo‘lishi, aniq vaqtini belgilash ustida ish olib borilyapti. Tez kunlarda ma’lumot beramiz.

Test sinovlari 2 sentyabrdan boshlanishi ma’lum qilindi

AOKA zalida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev muhim savollarga javob qaytardi.

Savol: Test sinovlari qaysi stadionlarda bo‘ladi?

Javob: Test sinovlari uchun 155 stadiondan 40 ga yaqin stadion jalb etilishi rejalashtirilgan. Stadionning soyalik darajalari va boshqa sharoitlarga e’tibor qaratilgan.

Prezident test sinovlarini kuniga 2 marta stadionlarda o‘tkazishga topshiriq berdi (video)

Soyabonlar qo‘yilishi masalasiga ham e’tibor qaratiladi. Ota-onalar uchun kutish joylari, shifokorlarga sharoit yaratish kabi tashkiliy masalalar hal qilinmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан