Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Test sinovlarining dastlabki kunida 66 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi uchun haydab yuborildi
30.07.2019 13:24,  
13

29 iyul kuni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari boshlangani haqida ma’lum qilingandi.

O‘zA xabariga ko‘ra, respublika bo‘yicha 66 ta katta sig‘imli binolarda test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Test sinovlari 2 smenada tashkil etilgan bo‘lib, ishtirok etishi belgilangan 71 340 nafar abituriyentdan 68 736 nafari test sinovlariga keldi. 2 538 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi. 13 nafar abituriyent hududga kirish joyida, 53 nafari binoda tartib-qoidalarni buzganligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Bundan tashqari, abituriyentlarning test sinovlariga kechikib kelish holatlari ham kuzatilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi tegishli qaroriga muvofiq abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan kuni tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 14:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 14:30) gacha faqat «Abituriyent ruxsatnomasi» va pasporti bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari orqali kiritiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан