Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Testda maksimal ball to‘plab ham «kontraktga tushgan» abituriyentlar bo‘yicha izoh berildi
26.09.2020 11:31,  
3134

Davlat test markazi test sinovlaridan maksimal ball - 189 ball bilan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risida Nizomga muvofiq:

- Respublika (1-o‘rin) va xalqaro tanlovlar va musobaqalarning (Olimpiya o‘yinlarida, Osiyo o‘yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1-3-o‘rinlar) individual turlarida g‘olib chiqqan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadi.

- Respublika (1-o‘rin) va xalqaro tanlovlar va musobaqalarning (Olimpiya o‘yinlarida, Osiyo o‘yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1-3-o‘rinlar) jamoa turlari g‘oliblari o‘z komandalari tarkibidan — akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari bitiruvchilaridan oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish uchun uch nomzodni belgilaydilar.

Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar umumiy qabul parametrlari asosida talabalikka qabul qilinadi, ularga qo‘shimcha qabul parametrlari ajratilmaydi.

Joriy yil yakuniy tanlov ro‘yxatida ayrim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida maksimal 189 ballni to‘plagan holda, to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar mavjud.

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga yuqorida qayd etilgan imtiyozga ega abituriyentlar ham ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ushbu toifadagi abituriyentlar soni ajratilgan davlat grantlari soniga teng yoki undan ko‘p bo‘lgan holatlar ham uchraydi.

Shuning uchun ayrim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 189 ball to‘plagan abituriyentlar ham to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan" - deyiladi DTM bayonotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан