Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Texas” universiteti olimlari koronavirusni bir soniyada yo‘q qilish yo‘lini topishibdi
29.04.2021 18:28,  
789

Bu usul nafaqat koronavirus infeksiyasida, balki isitish, shamollatish yoki havoni tozalash tizimlarida havoni dezinfeksiya qilish uchun ham ishlatilishi mumkinligi aytilmoqda.

Texas A&M universiteti elektrotexnika va kompyuter texnikasi kafedrasi professori Arum Xan va uning xodimlari eksperimental ravishda koronavirusga ultra yuqori harorat ta’sir qilish bilan virusni zararsizlantirish mumkinligini (bir soniyadan kam muddatda) isbotlashgan. Bu haqda spot.uz “Krasnaya Vesna”ga tayanib xabar bermoqda.

Arum Xanning ta’kidlashicha, ishlab chiqilgan usul nafaqat koronavirus infeksiyasida, balki isitish, shamollatish yoki havoni tozalash tizimlarida havoni dezinfeksiya qilish uchun ham ishlatilishi mumkin.

Gripp unchalik xavfli emasdek ko‘rinsa-da, ammo u har yili bir necha o‘limga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bu usul havoni tozalash tizimining rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu nafaqat koronavirus uchun, balki boshqa havodagi viruslar bilan kurashishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi, — deya qo‘shimcha qilgan u.

Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda olimlar yuqori haroratning viruslarga juda qisqa vaqt ichida ta’sirini, optimal haroratini sinab ko‘radigan loyiha ustida ishlamoqdalar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан