Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tez yordam mashinalarining o‘z vaqtida yetib kelmasligi oqibatida 48 mingdan ortiq o‘lim holati yuz bergan
19.06.2020 16:13,  
264

So‘nggi ikki yilda tez yordam mashinalarining o‘z vaqtida yetib kelmasligi oqibatida 48 mingdan ortiq o‘lim holati yuz bergan. Oxirgi uch yilda haydovchilar tomonidan maxsus avtotransport vositalariga yo‘l bermaslik bilan bog‘liq 700 dan ziyod holat aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva ma’lum qildi.

"Tez yordam mashinalarini o‘tkazib yuboraman, deb boshqa haydovchilarimiz aybsiz aybdor bo‘lib qolmoqda.

Ya’ni o‘tkazib yuboraman deb qoida buzsa ham jarima to‘laydi, qoida buzmay deb ularga yo‘l bermasa ham jarima to‘laydi. Bu kabi holatlarga chek qo‘yish uchun ham “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risida”gi  Qonun juda muhim.

O‘z o‘rnida shuni ham alohida ta’kidlashimiz lozimki, Qonun qabul qilish muammoni hal qilishning bir qismi, xolos.

Yo‘llardagi tartib-intizomga faqatgina qoidabuzarlikni qayd etib, jarima undirish bilan erishib bo‘lmaydi.

Bugun Qonun chiqsa, ertadan boshlab haydovchilarni jazoga tortish kerakmas. Avvalo, tushuntirish, o‘rgatish, ogohlantirish kerak", deydi Norboyeva.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан