Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Tez yordam” mashinasi o‘tib ketishiga xalaqit berish uchun jarima oshiriladi
15.11.2019 17:55,  
172

“O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128.5-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi tayyorlandi.

Qonun loyihasida yozilishicha, ushbu modda birinchi qismining sanksiyasidagi “besh” degan so‘z “o‘n” degan so‘z bilan almashtiriladi.

128.5-moddaning birinchi qismiga muvofiq: “Transport vositalari haydovchilarining to‘sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o‘tib ketishiga xalaqit berishi – eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.

Ushbu huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, - eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан