Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tezkor: "Britancha shtamm" O‘zbekistonda qayd etildi
30.01.2021 18:43,  
2391

Ming afsuski, “COVID-19”ning “britancha shtamm”i yurtimizda ham ilk bor qayd etildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmatiga Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev xabar berdi.

10 yoshli poytaxtlik fuqaro Sh. (qiz bola) oila a’zolari bilan birgalikda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga safar qilib, 2021 yilning 23 yanvar kuni Toshkentga qaytgan. 

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra,  xalqaro aeroportda fuqarodan ekspress usulida test olinganda, unda musbat natija qayd qilingan. Shundan so‘ng, bemor zudlik bilan yuqumli kasalliklar  shifoxonasiga tez yordam mashinasida olib kelingan. Shifoxonada o‘sha kunning o‘zida funksional-klinik tekshiruvlardan o‘tkazildi va unga “COVID-19”ning simptomsiz kechishi tashxisi qo‘yildi.

Yurtdoshlarimizdan zarurat bo‘lmaganda chet el safarlariga vaqtincha chiqmay turishlarini so‘raymiz deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан