Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tezkor! Ertadan Samarqanddagi barcha maktab va bog‘chalar yopiladi
26.04.2021 22:06,  
232

Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, shahardagi maktabgacha ta’lim muassasalari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish ko‘rsatkichi keyingi kunlarda bir necha barobar oshib borayotganligi bois shahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining qarori tasdiqlandi. Unga ko‘ra, shahardagi barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida 14 kunlik karantin joriy etildi.

Shu sababli o‘quvchilarga erta, 27 apreldan boshlab onlayn ta’lim berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, muassasalarga kirib-chiquvchilar orasida karantin davrida koronavirusni yuqtirib olish holatlari kuzatilmasa ta’lim berish tizimi an’anaviy yo‘lga qo‘yiladi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан