Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tezkor! FVV 138 nafar fuqaro toshqin oqibatlaridan qutqardi
2.05.2020 19:14,  
294

FVVning xabar berishicha, Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi idoralar bilan hamkorlikda “Sardoba suv ombori” atrofida joylashgan “Qo‘rg‘ontepa”, “Do‘stlik” va “Yurtdosh” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi 11598 nafar aholi Mirzaobod tumaniga evakuatsiya qilingan.

Qayd etish joizki, qutqaruvchilar tomonidan 138 nafar fuqaro toshqin oqibatlaridan qutqarildi.

Aholini evakuatsiya qilish tadbirlariga Jizzax viloyati IIB YHXB tomonidan 170 ta avtobus va 27 ta yuk tashish avtotransporti jalb etildi.

“Sardoba suv ombori”ning dambasini qayta tiklash maqsadida jami 100 ta yuk tashish texnikasi orqali tosh va shag‘al yetkazib berish ishlari tashkillashtirildi.

Shuningdek, suvda qidiruv-qutqaruv operatsiyasini o‘tkazish va sodir bo‘lgan vaziyatga aniq baho berish, keltirilgan zarar miqdorini aniqlash maqsadida, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 75 nafar shaxsiy tarkib va 13 ta maxsus motorli qayiqlar jalb etilib, qutqaruv va qidiruv ishlari olib borildi.

Sirdaryo viloyati "Oqoltin tumanining “Ahillik” va “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlaridagi aholi yashash punktlarini suv bosmaganligi sababli, 2020 yil 2 may kuni Jizzax viloyatiga evakuatsiya qilingan jami 11886 nafar fuqaro o‘z yashash manzillariga sog‘-omon qaytarildi.

Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bo‘yicha axborot taqdim etib boriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан