Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tezkor! O‘zbekistonda havo harorati -16 darajagacha pasayadi
9.12.2021 11:58,  
994

Joriy yilning 12-15 dekabrida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Joriy yilning 12-14 dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi.

Tog‘ va tog‘oldi tumanlarda 12-13 dekabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda. Shuningdek, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublika bo‘yicha havo harorati me’yordan 8-10° pasayishi kutilmoqda.

13-15 dekabr kunlari havo harorati kechalari 3-8° sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5° iliqqacha, shimolda kechalari 7-12° sovuqqacha, ba’zi joylarda 14-16° sovuqqacha, kunduz kunlari 3° sovuq 2° iliqqacha pasayadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан