Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tezkorlik bilan ozishning yangi usuli o‘ylab topildi
19.05.2017 15:42,  
91

AQShda ozish uchun yangi qurilma — AspireAssist’dan foydalanish rasman ma’qullandi, deb yozadi «Hi-tech.mail.ru». U tana vaznini tezkorlik bilan tashlash imkonini beradi, butun jarayon esa o‘n daqiqadan ko‘p vaqt olmaydi.

AspireAssist’dan foydalanish uchun qorin bo‘shlig‘iga maxsus klapan o‘rnatish kerak. Operatsiyaning o‘zi 15 daqiqaga cho‘ziladi va umumiy narkozsiz amalga oshiriladi. Ozish uchun qurilma kateter quvurchasi yordamida oshqozonga ulanadi.

AspireAssist 22 yoshdan kattaroq bo‘lgan va jarrohlik operatsiyasisiz oza olmaydigan ortiqcha vaznli kishilarga mo‘ljallangan.

To‘liq ovqatlanib olgach, AspireAssist foydalanuvchisi qurilmani qorin bo‘shlig‘idagi klapanga ulashi kerak. O‘zini ortiqcha vazndan xalos etish uchun yegulikning ortiqchasini (taxminan uchdan bir qismini) hojatxonaga to‘kish kerak. Ovqat o‘rniga bo‘shliqqa suv kiritiladi.

Klinik sinovlar AspireAssist qurilmasidan foydalanuvchi kishilar bir yil ichida tana vaznining 12,1 foizini yo‘qotishini ko‘rsatdi. Nazorat guruhidagi boshqa bemorlar parhezlar yordamida ozdi, ular esa umumiy vaznning 3,6 foizinigina tashlashga muvaffaq bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан