Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Tibbiy bilimlari" uchun Rossiya, Turkmaniston, Belarus prezidentlari Shnobel mukofotiga loyiq ko‘rildi
18.09.2020 14:23,  
538

AQShning Harvard universitetida eng ahmoqona ilmiy ishlarga beriladigan Shnobel mukofotini topshirilishi munosabati bilan marosim tashkillashtirildi. G‘oya mualliflari "avval kuldiradigan, keyin esa o‘ylashga undaydigan" mukofotning 30-tantanalarini uyushtirdi. Bu yil koronavirus pandemiyasi paytidagi xatti-harakatlari uchun dunyoning qator rahbarlari laureatlar qatoridan joy oldi.

Biroq, mukofotlanganlarning aksariyati, avvalgi yillarda bo‘lgani kabi, tadqiqot bilan shug‘ullanadigan jiddiy olimlarga topshirildi. Ularning amaliy foydalari bir qarashda noaniq bo‘lib tuyulishi mumkin. 

Shnobel qo‘mitasining ta’kidlashicha, tibbiy yo‘nalishdagi mukofot "dunyoga siyosatchilarning inson hayoti va o‘limiga olimlar va shifokorlardan ko‘ra ko‘proq amaliy ta’sir ko‘rsatishini dunyoga o‘rgatish uchun COVID-19 pandemiyasidan foydalanganligi" uchun berilgan.

Putin bilan birgalikda AQSh prezidenti Donald Tramp, Belorusning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Meksika prezidenti Andres Manuyel Lopez Obrador va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov g‘olib deb topildi (G‘oliblar orasida faqatgina Berdimuhamedovning mamlakatida koronavirus "yo‘q" - sof.uz).

Koronavirus pandemiyasi tufayli bu yilgi marosim onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi, g‘oliblar 10 trillion Zimbabve dollari miqdoridagi naqd pul mukofotini oldi.

Shnobel mukofotining boshqa 2020 yilgi g‘oliblari:

  • Psixologiya - bu qoshlarni tekshirish orqali narkozlarni aniqlash usuli uchun;
  • Tinchlik mukofoti - Hindiston va Pokiston hukumatlari. Azaliy Kashmir muammosining haliyam davom etayotgani uchun;
  • Fizika - asli ukrain bo‘lgan avstraliyalik olimlar Ivan Maksimov va Andrey Pototskiy yuqori chastotada tebranish paytida tirik yomg‘ir qurtiga nima bo‘lishini tajriba davomida aniqlagani uchun;
  • Iqtisodiyot - bu dunyoning turli mamlakatlarida og‘zidan o‘pishning o‘rtacha soni bilan daromadlar tengsizligi o‘rtasidagi bog‘liqlik (korrelyasiya) ni aniqlagani uchun;
  • Menejment - bu jinoyat sodir etishni bir-biriga ishonib topshirgan, natijada jabrlanuvchiga zarar yetkazmagan, besh kishilik xitoylik qotillar guruhi uchun;
  • Entomologiya - ko‘plab entomologlar (hasharotlarni o‘rganadigan olimlar) hasharotlar bo‘lmagan o‘rgimchaklardan qo‘rqishlariga oid dalillar to‘plami uchun.

2019 yildagi Shnobel mukofoti sovrindorlari bilan bu yerda tanishing. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан