Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tibbiy ma’lumotsiz xalq tabobati bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi
23.05.2019 22:22,  
17

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 may kuni «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutgan qonunni imzoladi.

Qonunning 41-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritildi:

«Tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar ham O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar»;

2018 yil oktyabrida prezident xalq tabobatini aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishda qo‘shimcha usul sifatida tan oluvchi qarorni imzolagan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан