Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






TikTok egasi ijtimoiy tarmoqni Microsoft’ga sotishdan bosh tortdi
14.09.2020 16:25,  
288

Microsoft kompaniyasi Xitoyning ByteDance shirkati TikTok ijtimoiy tarmog‘ining Amerika segmentini sotishdan bosh tortganligini ma’lum qildi.

“Bugun ByteDance bizga TikTok xizmatining AQShdagi biznesini Microsoft’ga sotmasligini aytdi. Ishonchimiz komilki, bizning taklifimiz TikTok foydalanuvchilarini qoniqtiradi va [АҚШ] milliy xavfsizlik manfaatlarini himoya qiladi”, - deyiladi Microsoft bayonotida.

Reuters va Associated Press manbalariga ko‘ra, ByteDance TikTok’ning AQSh segmentini Oracle’ga sotishni rejalashtirmoqda. Ilgari u ijtimoiy tarmoqni sotib olishga da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilgan (ikkinchisi Microsoft edi).

Avgust oyi boshida Microsoft TikTok biznesining bir qismini, shu jumladan Qo‘shma Shtatlardagi ulushini sotib olishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. AQSh prezidenti Donald Tramp bitimni 15 sentyabrgacha amalga oshirishni talab qildi, aks holda TikTok AQShda bloklanadi.

Ko‘p o‘tmay Tramp AQSh fuqarolarini ByteDance bilan, shuningdek Xitoyning WeChat messenjeriga egalik qiluvchi kompaniya bilan bitim tuzishni taqiqlovchi ikkita farmonni imzoladi. Farmonlar 20 sentyabrdan kuchga kiradi.

AQSh hukumati TikTok o‘z foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlarni Xitoy rasmiylariga o‘tkazishi mumkin deb da’vo qilmoqda. Videoxosting esa buni rad etadi.

 

Mavzuga doir: AQShdagi muammolariga qaramay, TikTok eng ko‘p yuklab olingan ilova bo‘lib qolmoqda

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан