Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






TikTok ichki qoidalari O‘zbekiston qadriyatlariga moslashishi mumkin
16.12.2021 10:45,  
69

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov bugun TikTok kompaniyasining vitse-prezidenti doktor Teo Bertram va kompaniyaning mas’ul xodimlari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Allamjonov o‘zining Telegram-sahifasida yozmoqda.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilingan. Allamjonov TikTok vakillariga tarmoqning ichki normalari va ayrim tartib-qoidalarini ko‘rib chiqish, uni O‘zbekiston qadriyatlari, urf-odatlar va mentalitetiga moslash bo‘yicha takliflar bergan.

"Ular tomonidan bu taklif albatta inobatga olinishi, bu borada hamkorlik, shu bilan birga o‘zbek tilini ham kiritishga tayyor ekanliklari ma’lum qildi.

TikTok — zararli bo‘lsa uni  foydali resursga aylantirish lozim. Shu va bunga o‘xshash kompaniyalar faoliyatini cheklash emas, balki ular bilan yaqindan muloqot, hamkorlik o‘rnatgan holda ishlash hamma uchun ko‘proq manfaatli va to‘g‘riroq bo‘ladi deb o‘ylayman", - yozadi Komil Allamjonov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан