Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






TikTok tarmog‘i egasining bozor bahosi $100 mlrd.dan oshdi
21.05.2020 12:10,  
300

Mashhur TikTok qisqa video-servisining egasi bo‘lgan ByteDance kompaniyasining bahosi xususiy investitsiyalarning so‘nggi turlarida 100-140 million dollargacha oshdi, deya xabar beradi Bloomberg.

Bu shuni anglatadiki, uning kapitallashuvi ikki yil ichida uch barobar oshdi va TikTok dunyodagi eng qimmat startap unvonini saqlab qoldi. Yangi baho ByteDance'ni HSBC va IBM kabi kompaniyalar qatoriga olib chiqdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ByteDance yil boshida IPO'ga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Biroq o‘shanda kompaniya moliyaviy holati talab darajasida emas edi. Hozir esa uni Softbank, General Atlantic va Sequoia kabi gigantlar qo‘llab-quvvatlamoqda.

ByteDance TikTok'dan tashqari Douyin va Toutiao yangiliklar xizmatlariga egalik qiladi. Uning oylik auditoriyasi 1,5 mlrd. faol foydalanuvchilardan tashkil topgan. O‘tgan yili u Indoneziya va Hindistonda yangi musiqa xizmati Resso'ni sinab ko‘rgan edi. Resso ushbu mamlakatlarda allaqachon Spotify va Apple Music xizmatlarining jiddiy raqibiga aylangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан