Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Butunjahon oziq-ovqat dasturiga topshirildi
9.10.2020 18:49,  
62

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti BMTning Jahon oziq-ovqat dasturiga (WFP) topshirildi. Nobel qo‘mitasining fikriga ko‘ra, dunyodagi eng yirik gumanitar tashkilot "ochlik bilan kurashish, mojarolardan zarar ko‘rgan mintaqalarni tinchlikka olib kelish uchun sharoit yaratib berish va ochlik tahdidini qurol sifatida ishlatilishining oldini olishda yetakchiligi uchun" mukofotga loyiqdir. Qo‘mita WFP 2019 yilda 88 mamlakatda 100 millionga yaqin odamga yordam berganini qayd etdi.

Mukofot qat’iy ravishda insonparvar, betaraf va siyosiy bo‘lmagan da’vogarga berildi. Nomzodlar orasida Donald Tramp hamda Vladimir Putin ham bor edi. Bir kun oldin amerikalik mumtoz shoira Luiza Glyukga berilgan Adabiyot mukofoti ham xuddi shunday xarakterga ega.

Jenifer Dudna va Emanuel Sharpente bu yil CRISPR genlarini aniq tahrirlash texnikasi bilan kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi.

Harvi Olter, Maykl Hauton va Charlz Rays gepatit C virusi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari uchun tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofotini oldi.

Fizika yo‘nalishi bo‘yicha mukofot esa Rojer Penrous, Reynhard Gensel va Andrea Gezga qora tuynuklarni kashf qilgani va xususiyatlarini tasniflab bergani uchun topshirildi.

An’anaga binoan iqtisod bo‘yicha Nobel mukofoti eng so‘nggida beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан