Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Tinchlik va sog‘liqni asrasak, qolgan narsalarga albatta erishamiz” - Prezident O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabrikladi
21.03.2020 10:43,  
37

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yurtdoshlarimizni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

"Tinchlik va sog‘liqni asrasak, qolgan narsalarga albatta erishamiz. Lekin hozirgi global dunyoda bu juda murakkab vazifa bo‘lib qolayotganini barchamiz ko‘rib-bilib turibmiz.

“Yil yilga o‘xshamaydi”, degan gap bejiz aytilmagan. Hayot hech qachon bir tekis kechmaydi. Hayot bor ekan, sinov bor, qiyinchilik bor.

Bu haqiqatni shu kunlarda yanada chuqur his etmoqdamiz. Bugun koronavirus infeksiyasi degan jiddiy bir xavfga duch keldik. Davlatimiz, hukumatimiz bu xatarni tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Go‘zal diyorimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimiz yanada jipslashib, har tomonlama tartib-intizomni saqlagan holda, yuksak onglilik va mas’uliyat ko‘rsatib, mo‘’tabar keksalarimizning duoi fotihalari bilan bu sinovdan eson-omon o‘tamiz, deb ishonaman.

Vujudga kelgan murakkab sharoitni hisobga olib, bu yilgi Navro‘z bayramida ommaviy tadbirlar o‘tkazishni to‘xtatdik.

Fursatdan foydalanib, vaziyatni to‘g‘ri tushunib, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun xalqimizga yana bir bor rahmat aytaman", dedi Prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан