Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






TIV chet eldagi O‘zbekiston fuqarolari va mamlakatimizdagi xorij fuqarolari murojaat qildi
20.04.2020 21:30,  
530

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi chet elda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari va mamlakatimizdagi xorij fuqarolari quyidagilarni ma’lum qildi.

“Ma’lumki, Respublika maxsus komissiyasi koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga qaratilgan barcha cheklovchi choralar 2020 yil 10 mayga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Shuningdek, xorijiy fuqarolarga berilgan viza muddatlari joriy yil 1 iyunga qadar avtomatik uzaytiriladi, shuningdek, muayyan muddatga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan davlatlar fuqarolariga (agar belgilangan muddat buzilgan taqdirda) istisno tariqasida mamlakatdan chiqib ketishiga joriy yilning 1 iyuniga qadar ruxsat berilishi, ularga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi.

Shu bilan birga, Respublika maxsus komissiyasi hamyurtlarimizni xorijdan olib kelish uchun charter reyslarini tashkil etish to‘g‘risida alohida qaror qabul qilishini eslatamiz. Maxsus komissiyaning ushbu qarori, shuningdek charter reyslarining sanasi va yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ma’lumot rasmiy internet-manbalar orqali qo‘shimcha ravishda tarqatiladi“, deyiladi TIV axborotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан