Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






TIV Kamilovning Rossiyaga tashrifi tafsilotlarini ochiqladi
28.02.2021 11:08,  
3941

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri 1-2 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi. Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

2021 yilning 1-2 mart kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiyaga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, muzokaralar chog‘ida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Tomonlar joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvalini ham ko‘rib chiqadilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан