Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






TIV konsulxona vakili vatandoshlarni G‘alaba kunini nishonlamaslikka chaqirganini rad etdi
18.05.2020 19:02,  
133

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi xodimi “vatandoshlarni G‘alaba kunini nishonlamaslikka chaqirdi" va "diplomatik janjalni qo‘zg‘atdi" degan xabar tarqalishi munosabati bilan Bosh konsulxonasi axborot berdi.

Unda aytilishicha, Bosh konsulxona diplomatlari bu kabi chiqish qilmagan va o‘zbek diasporasi vakillarini fashizm ustidan G‘alaba kunini nishonlashdan voz kechishga chaqirmagan.

Masalani oydinlashtirish uchun O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Yekaterinburgdagi vakolatxonasi bilan bog‘langan. Vakolatxona hech qanday diplomatik mojaro haqida so‘z bo‘lishi mumkin emasligini ma’lum qilgan.

"Ikkinchi Jahon urushidagi buyuk G‘alabaning 75 yilligi bizning umumiy bayramimiz bo‘lib, biz uni quvonch va ko‘zda yosh bilan eslaymiz. Shu kunlarda biz avvalo o‘z vatanlari uchun jonini fido qilgan barcha jangchilarni muborak xotirasiga bosh egamiz, otalarimiz va bobolarimizga, shuningdek, mehnat fronti qatnashchilariga, onalarimiz va buvilarimizning jasorati va jur’ati uchun cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi pandemiya munosabati bilan joriy qilingan qat’iy karantin choralariga qaramay O‘zbekistonda buyuk G‘alabaning 75 yilliga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkazilgan bir sharoitda O‘zbekiston diplomatlari diaspora vakillarini Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabani nishonlamaslikka chaqirganliklarini tasdiqlashning asossizligi va mantiqqa zidligiga yana bir bor e’tiborni qaratadi", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан