Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






TIV Qozog‘iston chegarasida o‘zbekistonliklar ishtirokida yuz bergan mojaroga izoh berdi
13.07.2019 11:43,  
13

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida mojaro kelib chiqqan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Voqea joriy yilning 11 iyul kuni ro‘y bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mojaro aks etgan videolar ham tarqalgan. O‘zbekiston Respublikasining Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga tayanib bo‘lib o‘tgan voqeada o‘zbekistonliklarning ishtiroki bo‘lganini tasdiqlagan. 

G‘arbiy-Qozog‘iston viloyati Ichki ishlar departamenti ma’lumotiga ko‘ra, mazkur mahalliy nizo oqibatida hech kim jabrlanmagan hamda Qozog‘iston huquqni muhofaza qiluvchi organlariga hech qanday ariza kelib tushmagan. 

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.:  +7-717-295-42-52) Aktau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel.:  +7-729-277-71-17) Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.:  +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан