Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






TIV “Vnukovo” va “Sheremetevo” aeroportlaridagi vaziyat haqida muhim xabarni e’lon qildi
20.03.2020 21:55,  
997

Moskva shahridagi “Vnukovo” va “Sheremetevo” aeroportlarida ikki mamlakat o‘rtasida havo, avtomobil va temir yo‘l aloqasi to‘xtatilgani tufayli mamlakatimizga parvoz qila olmagan hamyurtlarimiz mavjud.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi “Vnukovo” aeroporti rahbariyati bilan muzokara o‘tkazib, yurtdoshlarimizning vaqtincha qolishi uchun “B” terminali ajratildi. Bu yerda tibbiyot punkti, hammom va hojatxonalar mavjud, issiq ovqat berilishi yo‘lga qo‘yilgan, mebellar (kreslo, divanlar, stol va stullar) o‘rnatilgan. Tushuntirishlarga qaramay, fuqarolarimiz maxsus belgilangan hududga borishdan bosh tortib, hali hamon “Vnukovo” aeroportining ro‘yxatdan o‘tish joyida qolmoqdalar.

Yurtdoshlarimizdan iloji boricha tezroq “B” terminalga o‘tishlari so‘raladi. 

Elchixona “Sheremetevo” aeroportidagi vaziyatni ham nazorat ostiga olgan. Hozirda Rossiya hukumati bilan boshqa davlatlardan Moskvaga tranzit orali uchib kelgan fuqarolarimizni olib chiqish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. O‘zbek diasporasi vakillari va homiylar bilan birgalikda vatandoshlarimizni issiq ovqat bilan ta’minlash masalasi ham hal etilmoqda.

Rossiya hududidagi vatandoshdan imkon qadar, ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilgan holda doimiy/vaqtinchalik yashash joyini tark etmaslik so‘raladi.

2020 yil 19 martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya Federatsiyasi hududida  vaqtinchalik bo‘lish muddatini uzaytirishlari mumkin. Buning uchun ular o‘zlari bo‘lgan joyga eng yaqin Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘limiga tegishli ariza bilan murojaat qilishlari lozim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан