Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tixanovskaya 45 kun ichida Belarus Prezidenti bo‘lishi mumkinligini aytdi
7.12.2020 17:27,  
778

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya 45 kun ichida mamlakatni boshqarishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda u TUT.BY.ga bergan intervyusida aytib o‘tgan. 

Undan o‘zini Belarusning kelajakdagi rahbari deb bilish-bilmasligi haqida so‘rashgan. 

"Umid qilamanki, men 45 kun ichida rahbar bo‘laman", degan Tixanovskaya savolga javoban. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 45 kun – mamlakatda yangi saylovlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan eng kam muddat. 

Shuningdek, Tixanovskaya bu muddat cho‘zilishi mumkinligini istisno qilmagan, ammo yangi saylovlarni muddatidan oldin o‘tkazish muxolifat uchun ustuvor vazifa ekanini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda joriy yilning 9 avgust kuni mamlakat prezidentligi uchun saylovlar o‘tkazilgandi. Rasmiy natijaga ko‘ra, saylovda Aleksandr Lukashenko 81 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Ammo mamlakat xalqi bu natijani qabul qilishni xohlamay, namoyishga chiqdi. Saylovdan keyin bir oy davomida har kuni tinch norozilik namoyishi uyushtirildi. Ammo Hukumat politsiya va OMON guruhini ishga solib, mitinglarni tarqatishga urindi. Yuzlab odamlar qo‘lga olindi.

Oktyabr oyidan boshlab haftaning oxirida namoyish uyushtiriladigan bo‘ldi va bu hozirgacha davom etyapti.

Saylovda Lukashenkoga raqiblik qilgan muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Belarusni tark etib, Litvadan panoh topdi. U hamon aholini Lukashenkoga qarshi namoyishlar uyushtirishga chaqirib kelyapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан