Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






To‘dako‘l sohilida yangi plyaj-kurort ochildi. Narxlari qanday? (foto)
16.08.2020 23:32,  
2155

16 avgust kuni buxorolik tadbikorlar tomonidan To‘dako‘l suv havzasi qirg‘og‘ida barpo etilgan “Silk Road Family Resort” sayyohlik kurortining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov ochib berdi.

Ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Botir Shaxriyorov, Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Kamoliddin Hasanov, Qiziltepa tumani hokimi Shabon Nabiyev va boshqa mutasaddi rahbarlar qatnashdi.

Jahon andozalariga mos keluvchi ushbu dam olish maskani loyihasiga ko‘ra, qurilish jarayonlari 2022 yilda yakunlashi rejalashtirilgan. To‘dako‘l sohili bo‘yida barpo etilayotgan plyaj, dam olish va sog‘lomlashtirish maskani hamda akvaparkning umumiy loyiha qiymati 6 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Avvalroq Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda turizmni jadal rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni muhokama qilib, To‘dako‘l sohilida sayyohlik dam olish maskanlarini tashkil qilishga doir tegishli tavsiyalari bilan bo‘lishgan edi.

To‘dako‘l qirg‘og‘iga tutash bo‘lgan 15,0 gektar maydonda mazkur ob’yektning birinchi bosqichida - 500 nafar, ikkinchi bosqichida esa 1500 nafardan ortiq sayyohni qabul qilish imkoniyati yaratiladi. Bu sayyohlik dam olish maskani ishga tushgach 150 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha to‘liq quvvatda faoliyat yuritishi bilan dastlabki davrda bir oyda kamida 4,5 mlrd. so‘m, keyinchalik esa 40 mlrd. so‘mgacha daromad bo‘lishi kutilmoqda. Ob’yekt hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 7 ming tup manzarali daraxtlar ekish mo‘ljallangan bo‘lib, ayni paytgacha 3 ming tupdan ortiq ko‘chatlar o‘tkazilgan va plyaj hududi bo‘ylab tabiiy chim yotqizilgan.

Shuningdek, ushbu sayyohlik ob’yekti plyaj, basseyn, quyosh nurida toblanish, akvapark, kichik “Disneyland”, 50 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona, dam olish tapchanlari, korabl timsolidagi restoran, yozgi terassa, SPA-salon, tabiat qo‘ynidagi o‘yingoh, tibbiyot burchagi, sog‘lomlashtirish maskani, sport o‘yingohi, ot sporti maydoni, avtoturargoh va maxsus suv transportlari kabi turli qo‘shimcha xizmatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu maskanga tashrif buyuruvchilar uchun ochiq osmon ostida bir-biridan qiziqarli konsert va shou dasturlari ham namoyish etiladi.

Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Botir Shaxriyorovning aytishicha, kurortga kirish bir kunga kishi boshiga 100 000 so‘mdir. Bunga majmuadagi basseyn va boshqa xizmatlardan foydalanish, sochiq va sohil shezlongi ijarasi kiradi. 6 kishilik ayvonni ijaraga olish 1 million so‘m (ovqatlari bilan). 5 yoshgacha kirish tekin. Narxlar bo‘yicha batafsil ma’lumot yaqinda e’lon qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан