Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiydagi To‘dako‘l suv omborida 6 mln. dollarlik yangi plyaj ochilmoqda
14.08.2020 14:12,  
683

16 avgust kuni Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida joylashgan To‘dako‘l suv omborida "Silk Road Family Resort" sayyohlik plyaj zonasining rasmiy ochilish marosimi o‘tkaziladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Loyihaga ko‘ra, plyaj dam olish sog‘lomlashtirish maskani va akvaparkning umumiy qiymati 6 mln dollarni tashkil etadi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati 

Shuningdek, ushbu sayyohlik ob’yekti plyaj, basseyn, akvapark, kichik «Disneyland», 50 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona, dam olish tapchanlari, restoran, yozgi terassa, SPA-salon, tabiat qo‘ynidagi o‘yingoh, tibbiyot burchagi, sog‘lomlashtirish maskani, sport maydoni, avtoturargoh va maxsus suv transportlari kabi turli qo‘shimcha xizmatlarni ham o‘z ichiga oladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан