Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tog‘li Qorabog‘ aslida kimga tegishli?
16.10.2020 10:16,  
3179

Armaniston prezidenti Nikol Pashinyan "Tog‘li Qorabog‘ tarixiy armani tuproqlaridir" deb jar solishni yaxshi ko‘radi. Tarixni bilmagan va o‘ris propagandasiga uchgan kishilar unga ko‘r-ko‘rona ishonishadi. Xo‘sh, bu haqda tarix nima deydi?
 
Armanilar, asosan, Kichik Osiyo va hozirgi Eron hududlarida tarqalgan. Avvaliga, XI asrdan selchuq turklari, keyinchalik esa Usmoniylar imperiyasi himoyasi ostida yashagan. Turklar bosib olingan yerlardagi xalqlarga nafaqat o‘z tili, dini va madaniyatini saqlab qolish, balki rivojlantirishiga imkon yaratgan. Ular faqat g‘ayrimuslimlar uchun alohida soliq to‘lashgan, xolos. Qolgan sohalarda turklar va boshqa musulmon xalqlar bilan bir xil huquqlardan foydalanishgan.
 
Turklarning ingliz, ispan, fransuz, portugal va boshqa mustamlakachi davlatlardan eng katta farqi — ular bosib olingan hududlar aholisiga ikkinchi darajali xalq o‘laroq muomala qilmagan, assimilatsiya qilmagan, madaniyati va tarixini yo‘qotmagan. Shuning uchun, tarixda eng uzoq yashagan imperiya sifatida esga olinadi.
 
Armanilar Usmoniy davlatiga sodiqligi tufayli "millet-i sadika - sodiq millat" degan shuhrat qozongan. Ular imperiyada vazirlik darajasidagi eng yuksak lavozimlarga erishishgan.
 
Vena ostonasigacha borgan turklar sharqiy va markaziy Ovro‘pa tuproqlariga kelib o‘rnashib, ko‘plab me’moriy obidalar va masjidlar qurishgan. Garchi, birinchi jahon urushidan keyin ko‘pchilik hozirgi Turkiya hududiga ko‘chib kelishga majbur qolgan bo‘lsa-da, ularning avlodlari haligacha ana shu davlatlarda yashaydilar.
 
1789 yilgi fransuz inqilobi o‘zi bilan birga milliy davlatchilik g‘oyasini olib keldi. Shundan so‘ng, g‘arb davlatlari Usmoniylar imperiyasidagi nasroniylarni o‘z milliy davlatlarini tashkil qilish uchun turklarga qarshi gij-gijlashi kuchaydi. Natijada, sekin-asta Usmoniylarga qarshi qo‘zg‘olonlar chiqa boshlaydi va Yunoniston, Ruminiya, Bulg‘oriston kabi davlatlar paydo bo‘ladi. Lekin, bu davlatlarda hozirgacha ham milliondan ortiq turk yashaydi.
 
Usmoniylardan farqli o‘laroq, ozod bo‘lgan tuproqlarda turklarga qarshi dushmanlik kayfiyati mahalli hukumatlar tarafidan davlat siyosati darajasiga olib chiqilgan. Masalan, 1984 yili Bulg‘oriston kommunist hukumati turklarining ot va familiyalari majburiy ravishda bulg‘orlashtirish haqida qaror qabul qilib, turk tili maktablarini yopgan va turkcha gaplashishni ta’qiqlagan. Natijada, 1989 yili bir necha million turk Turkiyaga ko‘chib o‘tgan. Bu haqda keyinchalik batafsil hikoya qilaman.
 
XVIII asr oxirlari — XIX asr boshlarida hozirgi Armaniston tuproqlari Qajar Eroniga tegishli bo‘lgan. Qajarlar esa asl turk qabilalaridan bo‘lib, o‘sha paytlardan to 1925 yilgacha hozirgi Eron hududi turklar tomonidan boshqarilgan.
 
1826-28 yillardagi O‘rusiya va Qajarlar orasidagi urushda o‘rislarning qo‘li baland keladi. 1828 yili tuzilgan Turkmanchay (Turkmansoy) sulh kelishuviga ko‘ra, Araks daryosining shimolida joylashgan Yerevan xonligi, Naxichevan xonligi va Talish xonligi O‘rusiya hukmronligi ostiga o‘tadi.
 
Kelishuvning yana bir moddasiga ko‘ra, Araksdan janubda yashayotgan 20 mingdan ortiq armani shimolga ko‘chiriladi. Armanilarning bir qismi Yerevanga, yana bir qismi Tog‘li Qoraboqqa, uchinchi qismi esa hozirgi Gurjiston hududiga ko‘chib keladi. Natijada, o‘sha yerlardagi turklar hozirgi Turkiyaga qarab ko‘chishga majbur bo‘lishadi.
 
Kelishuvdan oldin hozirgi Armaniston boshkenti Yerevan shahrida turklar yashagan. Shahar O‘rusiya qo‘l ostiga o‘tgach,1835 yili turklar nisbati 64 foizga tushgan, armani aholi esa 34 foizgacha ko‘tarilgan.
 
O‘sha yillarda armanilar Tog‘li Qoraboqqa ham ko‘chib kelishgan va yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra, sekin-asta son jihatidan ustunlikka erishishgan. 1980-yillar boshlarida Tog‘li Qorabog‘ muxtor viloyati kompartiyasi birinchi kotibi armanilar ko‘chib kelishining 150 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda o‘zlarini qabul qilgani uchun ozarbayjonlarga minnatdorchilik bildirgan.
 
Usmoniy imperiyasidagi armanilar esa O‘rusiyaning gij-gijlashi oqibatida XIX asr o‘rtalaridan keyin hukumatga qarshi harakatlarni kuchaytirgan. 1915 yili Usmoniylar g‘arbda birinchi jahon urushiga kirishidan foydalanib, qo‘zg‘olon ko‘tarishgan. O‘n minglab tinch turk va musulmon armanilar tarafidan chavaqlab o‘ldirilgan. Ular, hatto, ikkiqat xotinlarning qornini yorib, bolasini olib tashlashdan toyishmagan. 1993 yili armanilar xuddi shunday qatliomni Tog‘li Qorabog‘da ham qilishdi.
 
Turklarni qirg‘indan saqlash uchun, sulton sharqqa qo‘shin yuborishga majbur bo‘lgan. Qo‘zg‘olon bostirilgach, armanilarning bir qismi O‘rusiya tomonga qochib ketishadi.
 
Davlatning sirtiga hanjar urgan "millat-i sodiqa"ni imperiyaning janubiga surgun qilish ma’qul topilgan. Armanilar hozirgi Iroq, Livan va Suriyaga ko‘chirilgan. Og‘ir sharoitlarda o‘tgan ko‘chish paytida ancha kishi kasallik, ochlik va qiyinchiliklardan halok bo‘lgan.
 
Usmoniylar hukumati ishlatgan kuchni, Armaniston iddao qilganidek, qatliom - genotsid deb atab bo‘lmaydi. Davr taqazosi bilan, yovuzlikka qarshi mutanosib kuch ishlatilgan.
 
Armanilar ana shu davrda o‘lganlar bir millionni tashkil qilganini iddao qilishadi. Holbuki, 1905-1906-yillari imperiyada o‘tkazilgan aholi ro‘yxatiga ko‘ra, Usmoniy tuproqlarida yashagan jami armanilar soni 1161169 ni tashkil qilgan, xolos. Shu raqamning o‘ziyoq qatliom haqidagi iddao qanchalik yolg‘onligini isbotlaydi.
 
Axborot tarqatish va nasroniy xalqlarga xayrixohlik kuchli shakllangan g‘arb davlatlari masalaga bir tomonlama yondashib, jabr ko‘rgan va Ovro‘paga qochib ketgan armanilardan voqealar tafsilotini olishgan, xolos. Afsuski, bu muhim masalaga e’tibor bermagan turklar keyinchalik o‘zlarini vaqtida himoya qilmay, xato qilishgani ancha kech ma’lum bo‘ldi.
 
O‘rusiya musulmon xalqlari, jumladan Turkistondagi ozodlik kurashini bostirish uchun o‘ris armiyasida xizmat qilgan o‘n minglab armanilar mahalliy aholi qirg‘in qilib, alamini chiqarishgani endi sir emas. Xususan, Qo‘qon muxtoriyatini bostirish uchun minglab o‘zbeklarni chavaqlab o‘ldirishgani tarix darsliklariga kiritilgan.
 
Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an armani masalasiga oid barcha arxiv hujjatlarini ochib, olimlarni o‘rganish uchun taklif qilgan va qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, ular bergan xulosani qabul qilishini ham bayon qilgan. Lekin, armani tomoni bu masalaga oid o‘z hujjatlarini ochishni rad qilib kelyapti, chunki buyuk yolg‘onlari oshkor bo‘lishidan manfaatdor emaslar.
 
Nima ham derdik, oshing halol bo‘lsa ko‘chada ye.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан