Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tog‘li Qorabog‘ mojarosi: O‘zbekiston qaysi tarafda?
30.09.2020 11:20,  
2674

Bugungi kunni eng muhim voqeasi – Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi Ozarbayjon-Armaniston to‘qnashuvlari hisoblanadi. Ushbu fonda, O‘zbekiston davlatchiligining mavqeyi qanday bo‘lgan, va hozirgi qarash ohangi qanday, degan savol paydo bo‘ladi. O‘zbekistonni Kavkaz mintaqasidagi geosiyosiy qarashlariga xos bir necha nuqtani eslatib o‘tmoqchiman:

• O‘zbekistoni barcha MDH davlatlarida elchixonalari, favqulodda va muxtor elchilari bor. Faqat bitta davlat hududida elchixonasi mavjud emas – Armaniston. O‘zbekistonni Armaniston bilan aloqalarini ta’minlovchi mas’ul diplomatik muassasasi – Rossiya hududidagi elchixona hisoblanadi;

• O‘zbekiston davlat rahbarlari, Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston mustaqilligi davrida tashrif buyurmagan yagona MDH davlati – Armaniston hisoblanadi;

• O‘zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov Ozarbayjon birinchi Prezidenti Haydar Aliyevni juda samimiy hurmat qilar edi. Haydar Aliyev vafot etganida, Karimov Bokuga borib, dafn marosimlarida ishtirok etgan edi;

• Karimov vafot etganida esa, Ilhom Aliyev O‘zbekistonga kelmadi. Bu holat, ikki tomonlama munosabatlarga biroz soya soldi.

• O‘zbekistonda 2016 yilda hokimiyat almashgach, rasmiy Toshkent Kavkaz hududida o‘z geosiyosiy ohangini qayta ko‘rib chiqishga moyil bo‘ldi. O‘zbekiston Armanistonda elchixona ochishga qaror qilganligi borasida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Lekin, bugungi kungacha, O‘zbekiston Armaniston bilan aloqalarini yuqori darajaga ko‘targani yo‘q.

• O‘zbekistonni turkiy davlatlar ichidagi eng ijobiy aloqalari, birinchi o‘rinda, Ozarbayjon bilan, so‘ngra Turkmaniston bilan bo‘ldi. O‘zbekiston birinchi ma’muriyati davrida, rasmiy Toshkentning Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston bilan aloqalar juda ziddiyatli edi.

• Kavkaz hududida, O‘zbekistonni ijobiy aloqalari va geosiyosiy prioritetini quyidagicha tasvirlash mumkin: Ozarbayjon, Gruziya, va oxirida, Armaniston.

• Qorabog‘ atrofidagi bugungi mojarolar fonida, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining bayonotidagi asosiy urg‘u «hududiy yaxlitlik» bo‘lib, bu bilan, O‘zbekiston ohista, lekin to‘liq Ozarbayjon tomonida turadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан