Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tog‘li Qorabog‘ mojarosida dunyo davlatlari: kim qaysi tomonda
28.09.2020 22:08,  
2357

27 sentyabr, yakshanba kuni bir necha o‘n yillardan beri Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida nizolarga sabab bo‘lib kelayotgan Tog‘li Qorabog‘da yangi harbiy mojarolar yuzaga keldi. Ikkala tarafdan ham kamida yuzga yaqin qurbonlar berildi. Ushbu mojarolarda jahonning yetakchi davlatlari, mintaqaviy qo‘shnilar va ittifoqchilar va umuman arman-ozarlardan boshqalar kimning tarafini olmoqda? Ushbu mojaroga qanday baho beryapti? Quyida shu haqda.

Xalqaro tashkilotlar

  • BMT: Muzokaralarga qaytishga chaqiradi;
  • YeI: Tomonlarni yangidan muzokaralar o‘tkazishga undaydi;
  • YeXHT: Masalani yolg‘iz tinch yo‘l bilan hal qilish mumkinligini aytadi;
  • NATO: Harbiy amaliyotlarni darhol to‘xtatishga chaqiradi;

Jahonning qudratli mamlakatlari

  • AQSh: Tashqi aralashuvlar ta’sirini qoraladi va ikkala tomonni ham iloji boricha tezroq muzokaralar boshlashga chaqiradi;
  • Xitoy: Vaziyatdan xavotirda. U tomonlarni vazminlikka chaqiradi;
  • Germaniya: Tomonlarni zudlik bilan jangni to‘xtatishga chorlaydi;
  • Fransiya: Mojarolarni muzokara yo‘li bilan hal qilishga chaqiradi;

Qo‘shnilar 

  • Rossiya: Tomonlarni tinch muzokaralarga chaqiradi;
  • Vladimir Putin: Mintaqadagi barqarorlikdan manfaatdor. Uning so‘zlariga ko‘ra, u boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmagan;
  • Turkiya: Bor kuchi bilan Ozarbayjon tarafida bo‘ladi;
  • Eron: Tomonlarni tiyilishga va qayta muzokaralarga chaqiradi;
  • Gruziya: Tomonlarni muzokaraga chorlaydi;
  • Mixail Saakashvili (Gruziyaning sobiq prezidenti): So‘zsiz Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini dastaklaydi;

Markaziy Osiyo

  • O‘zbekiston: Tomonlarni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqiradi;
  • Afg‘oniston: Ozarbayjon tarafida ekanligini ma’lum qiladi;
  • Qozog‘iston: Tomonlarni tinch muzokaralarga chaqiradi. Qozog‘iston TIV, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasida mojaroni hal qilishning tinch yo‘llarini izlashda yordam berishga tayyorligini ta’kidladi;
  • Tojikiston: Tomonlarni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chorlaydi.

Turkmaniston va Qirg‘iziston hozircha rasmiy bayonot bergani yo‘q.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан