Tojikiston Amudaryoda yana bitta GES qurishni rejalashtiryapti

Tojikiston Amudaryoda yana bitta GES qurishni rejalashtiryapti

Tojikistondagi Nurek GESi. Foto: ritmeurasia.org

Tojikiston Amudaryoning boshlanishi Vaxsh daryosida navbatdagi gidroelektrostansiyasini – Sho‘rob GESini qurish uchun texnik-iqtisodiy asos (TIA) ishlab chiqishni boshladi. Bu haqda mamlakat Energetika va suv resurslari vazirligiga tayanib Asia-plus nashri xabar beradi.

Qayd etilishicha, parallel ravishda ushbu inshootni qurish uchun mablag‘ yig‘ish ishlari olib borilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Sho‘rob GESini qurish uchun taxminan 1 milliard dollar kerak bo‘ladi.

Sho‘rob GESining taxminiy quvvati 862 MVt bo‘lgan texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashni konsalting kompaniyasi ishtirokida mamlakatdagi eng yirik kompaniya Tojikiston alyuminiy kompaniyasi (TALKO) o‘z zimmasiga olgan.

Shuningdek, ushbu ishlarning targ‘iboti Energetika va suv resurslari vazirligi, shuningdek Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

"Sho‘rob GESining qurilishi TALKOni o‘z elektr energiyasi bilan ta’minlash va uni uzluksiz qabul qilish uchun qulay sharoit yaratadi", deyiladi TALKO kompaniyasining 2019-2024 yillarda ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha Harakat dasturida.

Sho‘rob GESi Dushanbedan 110 kilometr sharqda, Rog‘un va Nurek GESlari orasidagi Vaxsh daryosida quriladi.

GES Vaxsh daryosidagi to‘qqizta GESdan iborat kaskadlar sakkizinchi bosqichiga aylanadi, ulardan yettitasi to‘liq qurilgan (Nurek, Baypazin, Sangto‘da-1, Sangto‘da-2, Asosiy (Golovnaya), Differensial (Perepadnaya) va Markaziy (Sentralnaya)), Rog‘un GES qurilishi esa davom etmoqda.

Sho‘rob GESining quvvati 862,5 MVt - 1 ming MVt, yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati - 3,2 milliard kVt soatni tashkil etadi. To‘g‘onning taxminiy balandligi 83 metrni, suv omborining hajmi 77 million kubometrni tashkil qiladi.