Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikiston - Iroq yo‘nalishda harakatlanayotgan yuk mashinalari O‘zbekistonda to‘xtatib qolindi
30.04.2020 18:20,  
1014

26 aprel kuni Tojikistondan Iroqqa qarab yo‘lga chiqqan yuk mashinalari Toshkent viloyati "Oybek" o‘simliklar karantini chegara maskanida to‘xtatib qo‘yilgan.

Avtotransportlar Tojikistondan quruq mevalar olib ketayotgan edi.

Chegara maskanida to‘xtatilishining sababi mazkur avtotransportlarda O‘zbekiston Respublikasi hududidan tranzit olib o‘tish uchun karantin inspeksiyasi tomonidan beriladigan karantin ruxsatnomasi yo‘q bo‘lgan.

O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining matbuot kotibi Durdona Ochilovaning ma’lum qilishicha, karantin ruxsatnomasi 20 daqiqa ichida rasmiylashtirib berilgan.

"Avvallari bunday ruxsatnomalar olish uchun berilgan murojaatlar 30 kun davomida ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, hozirda 3 kun ichida "O‘zdavkarantin" inspeksiyasi karantin ruxsatnomasi rasmiylashtirib beradi", - deydi matbuot kotibasi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан